Cognition startapi 47 milliard dollarga baholanmoqda
Bloomberg manbalariga ko'ra, dasturlash uchun sun'iy intellekt yaratuvchi Cognition startapi 1 milliard dollar atrofida investitsiya jalb qilmoqda. Natijada kompaniya qiymati 47 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Investorlar tomonidan startapga jami 10 milliard dollarga yaqin qiziqish bildirilgan.

